» » O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qilindi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qilindi


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi aksiya e’lon qildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi xabar bermoqda.

Aksiya 3 bosqichda tashkil etiladi.

1-bosqichda o‘zbek tilida muqobil varianti bo‘lmagan turli tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar topiladi.

2-bosqichda tanlagan so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobil varianti taklif etiladi.

3-bosqichda esa #davlat_tili29 heshtegi ostida so‘zlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifaga joylashtiraladi va Telegram’dagi +998 99 4950436 raqamiga yo‘llanadi. Namuna: samolyot — uchoq, gazeta — ro‘znoma.

Eng ko‘p so‘z topgan va uning o‘zbekcha muqobil variantini taklif etgan yoshlar aksiya g‘olibi deb e’lon qilinadi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 01:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют