» » Andijonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi 4 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi 4 ming dollar pora bilan ushlandi


DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining Baliqchi tuman bo‘limida huquqshunos bo‘lib ishlovchi “M.F.” prokuratura idoralari tomonidan tumandagi MChJlardan birining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovga chaqirtirilmasligi va chora ko‘rilmasligi evaziga mahalliy fuqarodan 4 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan hech qanday hujjatlarsiz jamoatchi xodim sifatida ishga jalb qilingan “M.F.” atrofdagilarga o‘zini prokurorning jamoatchi yordamchisi sifatida tanishtirib kelgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik), 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют