» » Samarqandda Nexia va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Nexia va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati.

18-fevral kuni soat 06:40 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus hamda ushbu yo‘nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelagan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etgan.

Yo‘lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Samarqand shahrining Sartepa—Temiryo‘l vokzali yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi 1-tramvay o‘z yo‘lidan chiqib ketib, katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqda xabar bergandik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют