» » Samarqandda o‘z joniga qasd qilgani aytilgan 69 yoshli ayol qarindoshlari tomonidan dafn etildi. Prokuratura qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgani aytilgan 69 yoshli ayol qarindoshlari tomonidan dafn etildi. Prokuratura qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman prokuraturasiga 7-fevral kuni soat 20:50 larda murojaat kelib tushgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, murojaatda tumanda yashagan 1951-yilda tug‘ilgan ayol A.U. o‘z joniga qasd qilib, vafot etganligi, uning yaqin qarindoshlari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bermasdan, jasadini tumanning Olti qahramon mahallasida joylashgan “Do‘stlik” qabristoniga ko‘mib yuborganligi aytilgan.

O‘tkazilgan bir qator tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida, marhuma A.U.ning tan jarohatlarining joylashuvi, kelib chiqishi hamda jasad huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilmasdan ko‘mib yuborilganligi holati shubhali bo‘lib, uni qotillik jinoyati qurboni bo‘lishi mumkinligi, haqiqatni aniqlash uchun bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligi inobatga olinib, 10-fevral kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют