» » Toshkentda masjid ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi

Toshkentda masjid ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi


Ijtimiy tarmoqlarda ikki yigit masjid ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganligi videosi tarqaldi. Ushbu voqea Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” masjidida sodir bo‘lgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Masjid imom xatibi va qorovulining so‘zlariga ko‘ra, qutida taxminan 300 ming so‘m atrofida mablag‘ bo‘lgan.

Voqea 2020-yil 6-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

O‘g‘rilikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yashar Mirzohid D. amalga oshirganligi aniqlangan. Ular keyinchalik o‘g‘irlangan pullarni o‘zaro bo‘lishib olgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 61-moddasi (mayda o‘g‘rilik) bo‘yicha ish ochilgan hamda materiallar Uchtepa tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют