» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” va “Roma”da g‘alaba, “Vulverhempton” “Espanyol”ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)

Yevropa Ligasi. “Arsenal” va “Roma”da g‘alaba, “Vulverhempton” “Espanyol”ga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)


Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final ilk bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlar 20-fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Roma” o‘z maydonida Belgiyaning “Gent” klubini qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Karles Peres rimliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Roma” dastlabki bahsda minimal hisobda g‘alabaga erishdi.

Londonning “Arsenal” jamoasi “Olimpiakos” maydonida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning 81-daqiqasida Aleksander Lyakazett tomonidan kiritilgan o‘yin taqdirini xal qildi.

“Vulverhempton” o‘zida “Espanyol”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Bo‘rilar” safida Diogu Jota het-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Ruben Nevesh muallif bo‘ldi.

Shuningdek, “Bayer” Levekuzenda kechgan bahsda “Portu”ni taslim etdi. Stiven Jerrard qo‘l ostidagi “Reynjers” ajoyib kambek qayd etgan holda “Braga”dan ustun keldi.

1/16 final bosqichining javob uchrashuvlari 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi

1/16 final, ilk bahslar

20-fevral, payshanba

Gol: 0:1 — 81 Lyakazett.

Gol: 1:0 — 13 Karles Peres.

Gollar: 0:1 — 26 Raguj, 1:1 — 86 Kopmeyners.

Gollar: 1:0 — 15 Diogu Jota, 2:0 — 52 Ruben Nevesh, 3:0 — 67 Diogu Jota, 4:0 — 81 Diogu Jota.

Gollar: 0:1 — 16 Petretta, 0:2 — 53 Shtoker, 0:3 — 66 Artur.

Gollar: 0:1 — 47, penalti Telin, 1:1 — 49 Brekalo, 2:1 — 62 Mehmedi.

Gollar: 1:0 — 29 Alario, 2:0 — 57, penalti Haverts, 2:1 — 73 Ze Luish.

Gollar: 0:1 — 11 Franserjio, 0:2 — 59 Abel Ruis, 1:2 — 67 Haji, 2:2 — 75 Aribo, 3:2 — 82 Haji.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 03:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют