» » Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilishi rasman ma’lum qilindi

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilishi rasman ma’lum qilindi


2020-yilning 5—6-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi kuzga qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 21-fevral, juma kuni, bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida mazkur tadbirning qoldirilishi rasman ma’lum qilindi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, xalqaro forum 2020-yilning noyabr oyiga qoldirilgan. Bu qaror forum qatnashchilari, shu jumladan, xorijiy mehmonlar va O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar sababli qabul qilingan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar forumda qatnashish uchun dunyoning 63 ta mamlakatidan 1706 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Tashkiliy qo‘mita tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni o‘zgarishlar bo‘yicha xabardor qilish ishlari tashkil etiladi.

Koronavirus sababli dunyo miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlar ham qoldirilgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, 12?14-fevral kunlari Sochida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya investitsiya forumi ham xuddi shu sabab bilan noma’lum muddatga qoldirilgan. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirildi. Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonga ko‘chirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют