» » Xitoydan qaytgan 2676 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi

Xitoydan qaytgan 2676 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 10-fevral holatiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 40 235 kishi, dunyo bo‘yicha 40 553 kishining yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangani qayd etilgan.

Qayd etilishicha, kasallikka chalinganlar sonining kunlik o‘sishi 8 foizni yoki 2987 kishini tashkil etmoqda. 909 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoydan tashqari dunyoning 25 ta davlatida 318 kishida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bog‘chalariga bolalarni koronavirusdan saqlash bo‘yicha yo‘riqnoma berdi

Xabar berilishicha, agentlikning virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 10-fevral kunigacha 812 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 9-fevral, yakshanba kuni, xorijiy davlatlardan 31 ta samolyotda kelgan 3829 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 4 ta poyezdda jami 563 kishi nazoratdan o‘tgan. Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 34 550 kishi termometriyadan o‘tkazilgan.

10-fevral, dushanba kunigacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ulardan 2676 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 10-fevralning asosiy xabarlari

Agentlikning koronavirusga qarshi markaziy shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmagan.

Bu kasallik Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi axborotida mamlakatda yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 908 kishiga yetgani ma’lum qilindi. 9-fevral, yakshanba kuni, kasallik oqibatida 811 kishi vafot etgani haqida axborot berilgandi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 40 171 holat qayd etilgan — 35 982 kishi hozirda davolanishda, shundan 6 484 kishining ahvoli og‘ir, yana 3 281 kishiga shifoxonadan uyiga javob berilgan.

Mavzuga doir: Foto: Xitoy shifokorlarining tibbiy niqobni yechganidan so‘ng ko‘rinishi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют