» » Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda 8-fevral holatiga ko‘ra koronavirus aniqlanmadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda 8-fevral holatiga ko‘ra koronavirus aniqlanmadi


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 8-fevral kuni xorijiy davlatlardan 29 ta samolyot qabul qilinib, 4268 nafar fuqaro, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 4 ta poyezdda jami 535 nafar fuqaro, davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 34145 nafar fuqaro termometriyadan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusga qarshi markaziy shtabi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xitoydan uchta charter reys orqali olib kelingan hamda tibbiy kuzatuvdagi fuqarolarning termometriyadan o‘tkazish, niqoblarni o‘z vaqtida almashtirish va xonalarni shamollatish hamda namli tozalash ishlarini o‘tkazilishi malakali epidemiologlar tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek, dezinfektor mutaxassislar tomonidan kuniga ikki mahal yotoqxonalar, vannaxonalar va oshxona zararsizlantirilmoqda. Oshxonada ishlatilgan idish-tovoqlarni zararsizlantirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yuqumli kasalliklar shifokorlari tomonidan ikki mahal tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda. Fuqarolar orasida tana harorati me’yordan ko‘tarilgan va koronavirus infeksiyasi belgilari mavjud fuqarolar aniqlanmadi.

Joriy yilning 8-fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda yangi koronavirus infeksiyasini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tegishli idoralarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, joriy yilning 8-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston chegara punktlarida qancha fuqaro koronavirusni aniqlash maqsadida termometriyadan o‘tkazilgani aytildi

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni olish hamda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan shtabga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi: O‘zbekiston nafaqat Uxan, balki Xitoyning chekka mintaqalaridan ham fuqarolarini evakuatsiya qilgan kam sonli davlatlardan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют