» » Italiyaga yoyilayotgan koronavirus, salkam 2 mlrd so‘mlik jarima, Turkiyadagi zilzila. 23-fevralning eng qiziqarli suratlari

Italiyaga yoyilayotgan koronavirus, salkam 2 mlrd so‘mlik jarima, Turkiyadagi zilzila. 23-fevralning eng qiziqarli suratlari


23-fevral, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Uxan, Xitoy

Koronavirus tufayli darvozasi yopib qo‘yilgan turar-joy majmualaridan biri.

Las-Vegas, AQSh

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri WBC kamari uchun Deontey Uaylderga qarshi jang oldidan ringga chiqib kelmoqda. Fyuri jangda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

San-Paulu, Braziliya

Karnaval paradida chiqish qilayotgan Tom Mayor samba maktabi raqqoslari.

Yakkasaroy, Toshkent

Yunus Rajabiy ko‘chasida noqonuniy kesilgan daraxtlar o‘rniga yangi daraxtlar ekildi.

Yunus Rajabiy ko‘chasida 81 ta daraxtni noqonuniy kesgan ikki kishidan 1 milliard 891,3 million so‘m moddiy zarar undirildi.

Italiya

Italiyaning Kazalpusterlengo munitsipaliteti tashqarisidagi supermarketga navbatda turgan odamlar. Koronavirus tufayli Kazalpusterlengoga kirish va chiqish taqiqlandi.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi

Ahmadobod, Hindiston

Politsiyachilar Sardor Patel nomidagi stadion yaqinidagi Narendra Modi va Donald Trampning surati tushirilgan reklama banneri oldidan o‘tmoqda. Hindistonga davlat tashrifi davomida Tramp bu yerda chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Beri, Lankashir

Tunda yoqqan kuchli yomg‘irdan keyin suv bosgan maydon yonidan o‘tayotgan yo‘lovchi poyezdi.

Seul, Janubiy Koreya

Milliy liboslarda Kyonbokkun saroyiga tashrif buyurgan niqob taqqan turistlar.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi

Van, Turkiya

Eron bilan chegara yaqinida sodir bo‘lgan zilziladan keyin olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari. Hodisa oqibatida hozirgacha 9 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Denver, AQSh

Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Pit Buttijich o‘z tarafdorlari qarshida chiqish qilmoqda.

Mavzuga doir: Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi

Venetsiya, Italiya

Karnaval libosini kiyib olgan ayol va niqobdagi politsiyachi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab A Seriyaning 3 ta o‘yini qoldirildi

Minsk, Belarus

Belarusda vatan himoyachilari kuni nishonlandi.

Nyu-Deli, Hindiston

Musulmonlarni kamsituvchi qonunni yoqlovchilar va unga qarshilar bir-biriga tosh otmoqda.

Gvadalaxara, Meksika

Hayvonot bog‘idagi paxta boshli tamarinlar.

Kanar orollari, Ispaniya

Syorferlar dengiz sari yurib bormoqda. Qum bo‘roni tufayli dengizda ko‘rish masofasi 400 metrgacha qisqargan.

Tegu, Janubiy Koreya

Himoya kiyimlarini kiyib olgan ishchilar bozorni dezinfeksiya qilmoqda. Koronavirus tufayli mamlakatda hozirgacha 6 kishi vafot etdi.

Mavzuga doir: Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi

La Tzuma, Shveysariya

Skicolor tadbiridagi chang‘ichilar.

Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют