» » OAV: Trampning modellik agentligi faoliyatini to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

OAV: Trampning modellik agentligi faoliyatini to‘xtatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan Trump Organization kompaniyasining bo‘linmasi — Nyu-Yorkdagi Trump Models agentligi yaqin orada o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda Mother Jones jurnali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Nashr agentlik prezidenti Korin Nikolasning biznes bo‘yicha sheriklarga tarqatilgan elektron maktubiga tayanmoqda. 

“Trump Organization moda industriyasini tark etishga qaror qildi. ‘Koinot go‘zali’ tanloviga egalik huquqi sotib yuborilganidan so‘ng kompaniya ko‘chmas mulk sohasidagi asosiy biznesi, xususan, mehmonxonalar va golf-klublar qurilishiga diqqatini jamlashga qaror qildi. Shu sababli 18 yil avval asos solingan Trump Models yaqin orada o‘z faoliyatini to‘xtatadi”, — deyiladi maktubda.

Agentlik rahbari AQSh prezidenti aksiyalarining 85 foiziga egalik qiladigan Trump Models aynan qaysi sanada yopilishiga aniqlik kiritmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют