» » Xitoyning oltita provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda holat darajasi pasaytirildi

Xitoyning oltita provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda holat darajasi pasaytirildi


Xitoyda koronavirus sabab joriy etilgan eng yuqori favqulodda holat darajasi pasaytirildi. Bu haqda mahalliy hukumat bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

24-yanvardan boshlab Xitoyning deyarli barcha hududida epidemiya sabab eng yuqori favqulodda holat rejimi joriy etilgandi. Qoidaga ko‘ra, birinchi daraja aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda e’lon qilinadi va mahalliy hukumat Xitoy Davlat kengashi va markazlashtirilgan shtabning rejasiga binoan ish tutadi.

Guandun va Shansi provinsiyalarining bayonotiga ko‘ra, hozirda favqulodda holat rejimi II darajaga tushirilgan bo‘lsa, Lyaonin, Guychjou, Yunnan va Gansu provinsiyalarida — III daraja.

Xitoyning 21 ta mintaqasi hududida 22-fevral holatiga ko‘ra, birorta ham koronavirus bilan kasallangan yangi bemor aniqlanmagan.

Mavzuga doir: 

Koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 23-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 724 nafar odam koronavirusga chalingan, ularning 2,4 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют