» » Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirib olganlar soni bir kunda 161 kishiga ko‘paydi, yetti kishi vafot etgan

Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirib olganlar soni bir kunda 161 kishiga ko‘paydi, yetti kishi vafot etgan


Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasidan yettinchi fuqaro vafot etdi. Bu haqda 24-fevral, dushanba kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 161 nafarga ko‘payib, 763 nafarga yetgan. Avvalroq mamlakat rasmiylari koronavirus infeksiyasi 602 nafar bemorda aniqlangani, ulardan olti nafari vafot etganini ma’lum qilgan edi.

So‘nggi bir necha kundan beri Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanish holati avj olmoqda. Shu munosabat bilan hukumat yakshanba kuni maktablarda o‘quv yilining boshlanishini bir haftaga — 9-martgacha kechiktirishga qaror qildi.

Mavzuga doir:

Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi 2019-yil dekabr oxirida Xitoydagi 12 million aholi istiqomat qiladigan Uxan shahridan boshlangan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb atab, uning tarqalishini ko‘plab o‘choqlarga ega epidemiya deb baholagan edi. Xitoydan tashqari yana 27 mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Koronavirus O‘zbekistonga kirib kelgani yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют