» » O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus sabab yopilishi mumkin

O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus sabab yopilishi mumkin


O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida yopilishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.

Hukumatdagi manbaning qayd etishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabining 24-fevraldagi yig‘ilishida aynan Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan.

Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasini vaqtincha yopish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi boshqa munosabatlarga doir boshqa masalalar, ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilingan. Yig‘ilish haqida rasmiy axborot berilishi kutilmoqda.

Avvalroq Afg‘onistonning Hirot viloyatida 23-fevral kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi. Bemor bir necha kun avval Eronning Qum shahrida bo‘lib qaytgani aytilmoqda — bu shahar hozirgi kunda Erondagi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi

O‘zbekiston rasmiylari Eron bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqyaptimi yoki yo‘q — hozircha noma’lum. Avvalroq Turkiya, Armaniston, Gruziya, Pokiston Eron bilan chegaralarini yopgani, qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Eron koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют