» » Xitoy koronavirus laboratoriyada ishlab chiqarilgan, degan mish-mishlarni rad etdi

Xitoy koronavirus laboratoriyada ishlab chiqarilgan, degan mish-mishlarni rad etdi


COVID-19 koronavirusi laboratoriyada ishlab chiqarilgan, degan mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Interfaks”ning yozishicha, bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi.

“Men sizga aniq aytamanki, u (COVID-19 koronavirusi) sun’iy emas. Ehtimol, u yovvoyi hayvonlardan tarqalgan SARS virusi (atipik pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan virus) kabi virusdir”, — degan elchi jurnalistlarga.

Shuningdek, Chjan Xanxueyning qo‘shimcha qilishicha, olimlar hozircha yangi koronavirus qayerdan tarqalganini aniqlashda davom etmoqda. Koronavirus ko‘rshapalaklardan tarqalgani haqidagi mashhur taxmin tekshirilayotgani, lekin hali o‘z isbotini topmaganini bildirgan.

Mavzuga doir: Ko‘rshapalak sho‘rva, koronavirusning 25 ming qurboni, otib tashlanayotgan kasallar. Koronavirus haqida yana qanday feyk xabarlar tarqatildi?

Avvalroq elchi Xitoy koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilgani haqida ham xabar bergan. Dorini bozorga chiqarishdan oldin uni qo‘shimcha sinovdan o‘tkazish va ishni maromiga yetkazish zarur.

Mavzuga doir: Kuvaytlik bloger koronavirusni davolash bo‘yicha o‘zi yaratgan “usul” uchun 3,2 mlrd dollar olishni istamoqda

Bundan tashqari, elchi virusga qarshi kurashda samaradorligini ko‘rsatadigan boshqa dorilar haqida ham gapirgan.

Bundan avval Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanishini ma’lum qilgandi. Ekspertlar esa koronavirusga qarshi birinchi vaksina 18 oydan keyin paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan. Xitoy kompaniyasi esa koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi. Gonkong esa koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini ma’lum qilgan edi. Xitoy fan va texnika vaziri o‘rinbosari Syuy Nanpin Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi mumkinligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют