» » JSST Xitoyda koronavirus tarqalishining sekinlashganligini tasdiqladi

JSST Xitoyda koronavirus tarqalishining sekinlashganligini tasdiqladi


Xitoyda amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlarning o‘sib borish ko‘rsatkichining kamayishiga xizmat qildi, xalqaro ekspertlar ham taqdim etilgan statistik ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanini tasdiqlagan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktorining yordamchisi Bryus Eylvard ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Ikki hafta avval Xitoyga kelgan vaqtimda koronavirusga chalinish bo‘yicha kuniga ikki mingga yaqin yangi holat aniqlanardi, bizning hamkorlikdagi missiyamiz natijasi o‘laroq ushbu raqamlar sezilarli darajada kamaydi. Kecha koronavirusga yo‘liqish bo‘yicha 409 ta yangi holat kuzatildi, bu ikki hafta davomida ushbu ko‘rsatkichning taxminan 80 foizga kamayganini anglatadi”, – degan Eylvard.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tanlagan strategiya va infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlari koronavirusning faol ravishda tarqalib borish tendensiyasini o‘zgartira oldi va buni mamlakatda bo‘lib turgan JSST vakillari ham tasdiqlagan statitistik ma’lumotlar ham ko‘rsatib turibdi.

“Ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib turibdi, bu statistika ham o‘zgaruvchan ekanini anglatadi. Bizning hamkorlikdagi jamoamiz turli manbalar asosida statistik ma’lumotlarni tekshirib ko‘rdi va ushbu kamayish haqiqatan ham amalga oshgani tasdiqlandi”, – deydi u.

Eylvardning qayd etishicha tadqiqotlar vaqtida xalqaro ekspertlar guruhi tadqiqotlar davomida virusning tarqalish sur’ati pasayganini anglatuvchi bir nechta dalillarni aniqlagan.

Tarkibiga Xitoy va xorij mamlakatlaridan 25 nafar ekspert kirgan JSST xalqaro jamoasi XXRga 16-fevralda kelgan va Pekin shahri, Guandun va Sichuan provinsiyalari hamda Uxan shahrida tadqiqotlar o‘tkazgan.

Mavzuga doir: 

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda JSSTni Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya virusi tarqalgani haqida xabardor etgan. Keyinchalik mutaxassislar ushbu infeksiya qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanini aniqlagan. JSST epidemiyani xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb topib, koronavirusga – COVID-2019 nomini bergan. 24-fevral holatiga Xitoyning materikli qismida 77 mingdan ziyod odam koronavirusga chalingan, vafot etganlar soni 2592 nafarni tashkil qiladi, 24,7 ming nafar bemor kasallikdan tuzalgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra Xitoydan tashqarida 28 ta mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 1769 ta holat kuzatilgan, shundan 17 tasida bemorlar o‘limi kuzatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют