» » Misrni 30 yil boshqargan Husni Muborak vafot etdi

Misrni 30 yil boshqargan Husni Muborak vafot etdi


Misr sobiq prezidenti Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Misr davlat televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. El-Watan gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, siyosiy arbob kasallikka qarshi uzoq kurashdan so‘ng vafot etgan.

Yanvar oyi oxirida sobiq prezident oshqozonidagi o‘simtani oldirib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Husni Muborak intensiv terapiya bo‘limida davolanayotgani ta’kidlangan edi.

Husni Muborak 1981-yildan 2011-yilga qadar — 30 yil davomida Misrga rahbarlik qilgan. 2011-yil fevralida, ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqinidan so‘ng, namoyishchilarning talablarini qondirgan holda, prezidentlikdan iste’fo bergan edi.

Shundan so‘ng mamlakatning sobiq rahbari korrupsiya va namoyishchilarni o‘ldirishda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Muborak olti yil umrini panjara ortida o‘tkazdi, 2017-yili ozodlikka chiqarilgan edi. U Qohiraning Geliopolis tumanidagi dang‘illama uyida oilasi bilan birga yashab kelayotgan edi.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Sudlangan yoki tergov qilingan davlat rahbarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют