» » Straus House jabrlanuvchilari hukumatdan yordam so‘rab Vazirlar Mahkamasi oldida to‘plandi (video)

Straus House jabrlanuvchilari hukumatdan yordam so‘rab Vazirlar Mahkamasi oldida to‘plandi (video)


Joriy yil yanvar oyining boshida Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari o‘z nihoyasiga yetgani haqida xabar berilgandi. “Kun.uz” nashrining yozishicha, fuqarolar tergov tugaganiga qaramay, sud boshlanmayotganidan norozi.

Kompaniyaga bergan pulini qaytarib ololmayotgan jabrlanuvchilar soni jami 300 dan ortiq.

Ular orasida tuyaqush sotib olish uchun qarz va foiz hisobiga kreditlar olganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Vaqt o‘tishi bilan olingan kreditlarni qaytarish majburiyati yuzaga kelgan. Jabrlanuvchilar MChJga bergan pullarni qaytarib olib, kreditlaridan qutulish uchun tezroq sud boshlanishini istashmoqda.

IIV Tergov departamenti boshlig‘i Inomjon Ismatovning aytishicha, Straus House’ga nisbatan tergov harakatlari yakuniga yetib, 2019-yil 31-dekabrda ayblov xulosasi bilan prokuraturaga topshirilgan.

“MChJ tomonidan Pokistonga chiqarib yuborilgan 200 ming AQSh dollari va unga qarashli barcha mulklar xatlanib, ayblov xulosasi e’lon qilingan. Undirilgan pullar jabrlanuvchilarga sud hukmi chiqqanidan keyin qaytariladi”, – dedi Ismatov.

Jabrlanuvchilar asosiy e’tirozi – sud boshlanishi kechikayotganida.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi raisi vazifasini bajaruvchisi Sanjar Muhammedovning so‘zlariga ko‘ra, bu jinoyat ishi bugun 25-fevral kuni Mirobod tuman sudiga kelib tushgan.

“Endilikda protsessual normalar asosida jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi. Vaziyatni hisobga olib, jarayon iloji boricha tezlashtiriladi”, – dedi Sanjar Muhammedov.

Bu javoblarga qoniqmagan jabrlanuvchilar Vazirlar Mahkamasi yonida to‘plangan. Hukumat mutasaddilari holatga aniqlik kiritish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomovni chaqirishgani, jabrlanuvchilar va sud raisi o‘rtasidagi uchrashuv Prezidentning xalq qabulxonasida bo‘lishini aytishdi.

Shundan so‘ng fuqarolar IIV tomonidan ajratilgan avtobuslarda Prezident xalq qabulxonasiga olib kelingan va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov ularning savollariga javob bergan.

Baxtiyor Islomovga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi 45 tomdan iborat. 300 dan ortiq jabrlanuvchi, 5 nafar sudlanuvchi bor.

“Ish hajmi murakkab bo‘lib, ko‘rib chiqish ko‘p vaqtni talab qiladi. Vaziyatni hisobga olib, ish uzog‘i bilan 1 oyda ko‘rib chiqiladi”, – deb ma’lum qildi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sud jarayoniga uzoq viloyatlardan keladiganlarni ovora qilmaslik uchun videokonferensiya orqali masofadan turib sud o‘tkazilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Shuningdek, hukumat vakillari aholi tomonidan olingan kreditlarning foizlarini to‘xtatib turish choralari ham ko‘rib chiqilishi va bu masala ham hal etilishini aytdi.

Mavzuga doir:

Straus House MChJ mansabdor shaxslari 2019-yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan “Ostrich” zotli tuyaqush (straus) jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300 dan ortiq fuqarodan juda ko‘p miqdorda pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют