» » O‘zbekistonda 2-martdan savdo ekvayringi uchun komissiya to‘lovlari joriy qilinadi

O‘zbekistonda 2-martdan savdo ekvayringi uchun komissiya to‘lovlari joriy qilinadi


O‘zbekistonda 2-martdan savdo ekvayringi uchun komissiya to‘lovlari joriy qilinadi. Barcha banklar savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga mahalliy Uzcard hamda Humo tizimlari terminallari orqali qilingan to‘lovlarning 0,2 foizi miqdoridagi komissiya yig‘imi oladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumoti asosida “Spot” xabar qilgan.

“Bu mijozlar uchun narxlarga ta’sir o‘tkazmaydi”, — deya qayd etgan Markaziy bankning to‘lov tizimlari departamenti vakillari.

Avval Markaziy bank rais o‘rinbosari Botir Zohidov O‘zbekistonning 15 yil davomida naqdsiz to‘lovni rivojlantirish maqsadida savdo nuqtalaridan komissiya to‘lovlari olinmaganini bildirgan. Ayni vaqtda to‘lov infratuzilmasining ta’minoti uchun xarajatlar banklar tomonidan qoplanadi.

Zohidov savdo ekvayringi uchun komissiyaning yo‘qligi Visa, Mastercard kabi xalqaro tizimlarning O‘zbekistonda to‘liq ishlab ketmasligiga sabab bo‘layotganini aytgan.

“Deyarli barcha mamlakatlarda savdo nuqtasi uchun komissiya to‘lovi joriy qilingan. Banklararo to‘lov tizimlari komissiyasi ular hisobidan qoplanadi. Masalan, Rossiyada to‘lov kartalari ekvayringida o‘rtacha 2–2,5 foiz komissiya puli yechib olinadi. Bundan to‘lov tizimi ham, banklar ham yutadi. Ushbu mablag‘ning muayyan qismi foydalanuvchilarga keshbek tarzida qaytariladi”, — degan Markaziy bank mutasaddisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют