» » “Xalq banki” bankomatlaridan pul yechishda komissiya belgilandi

“Xalq banki” bankomatlaridan pul yechishda komissiya belgilandi


“Xalq banki” bankomatlaridan pulni naqdlashtirishda umumiy summaning 1 foizi miqdorida komissiya solig‘i belgilandi. Bu xabarni bank vakili UZ24 nashriga tasdiqladi.

“12-sentabrdan bankning barcha filiallarida 1 foiz miqdorda komissiya joriy qilindi. Ushbu foiz bankomat orqali pulni naqdlashtirish jarayonida avtomatik tarzda yechib olinadi”, — ta’kidlaydi bank.

“Xalq banki” vakilining so‘zlariga ko‘ra, komissiya foizi miqdori Markaziy bank tomonidan barcha banklar uchun belgilangan. NBU va “Ipak yuli bank”laridan xabar berilishicha, ularning bankomatlarida hozircha komissiya joriy qilinmagan.

“Mikrokredit” vakilining aytishicha, uning bankomatlari vaqtincha ishlamayapti. Buning sababi ma’lum qilinmadi.

“Ipoteka bank” bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют