» » Toshkentning yana 7 ta bozorida bankomatlar o‘rnatildi

Toshkentning yana 7 ta bozorida bankomatlar o‘rnatildi


Toshkent shahrining yana 7 ta bozorida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar o‘rnatildi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Ayni vaqtda “Askiya” va Bo‘zbozorda (“Ipoteka-bank”ga qarashli), “Aviasozlar”, “Qoraqamish” va Sergeli dehqon bozorida (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki), “Chilonzor” (“Mikrokreditbank”) va “O‘rikzor” savdo majmuasida (“Ipak yo‘li bank”) bittadan bankomat ishlab turibdi.

“Mikrokreditbank” ma’lumotlariga ko‘ra, bank yilning so‘ngiga qadar O‘zbekiston bo‘ylab 15 ta bankomat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Xalq banki tomonidan poytaxtning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatilgandi. Ushbu qurilma orqali bir kunda bitta kartadan 100 ming so‘mgacha naqd pul yechib olish mumkin, jarayon 1,5 – 2 daqiqa davom etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют