» » Janubiy Koreyadan Toshkentga uchib kelgan samolyot yo‘lovchilari izolyatsiya qilindi

Janubiy Koreyadan Toshkentga uchib kelgan samolyot yo‘lovchilari izolyatsiya qilindi


Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishini oldini olish maqsadida bugun, 27-fevral kuni, Seuldan kelgan HY514 reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, SARS belgilari yo‘qligi tasdiqlangandan so‘ng, yo‘lovchilarga karantin xonasidan chiqishlariga ruxsat beriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1146 kishiga yetgani va 11 bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi. Rossiya 1-martdan Janubiy Koreyaga aviaqatnovlarni to‘xtatmoqchi.

Mavzuga doir: Xitoydan kelgan o‘zbekistonliklar “Bo‘ston” sanatoriyasidagi 14 kunlik karantin haqida so‘zlab berdi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi mamlakatning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgani, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют