» » Farg‘onada psixotrop dorilarni 45 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan tibbiyot instituti talabalari qo‘lga olindi

Farg‘onada psixotrop dorilarni 45 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan tibbiyot instituti talabalari qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining uch nafar talabasi boshqa shaxs bilan til biriktirib, xaridorga jami 1 000 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dorisini 45 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Xuddi shunday hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tadbirda fuqarolar K.M. va M.A.lar xaridorga jami 2 625 dona “Tropikamid”ni 105 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 8 000 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda yonida pnevmatik pistolet va “Tropikamid” olib yurgan shaxs ushlangani, “dorixona narkotiklari” sotuvchisi 50 million so‘mlik “Tropikamid” bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi: Tropikamid faqat shifokor retsepti asosida beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют