» » Qashqadaryoda oltin tangalarni noqonuniy sotgan shaxslar ushlandi

Qashqadaryoda oltin tangalarni noqonuniy sotgan shaxslar ushlandi


Qashqadaryo viloyatida “Imperator Nikolay I” tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. tangalarning har birini 4,2 million so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangani 29,4 million so‘mga noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar noqonuniy savdo qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют