» » Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qulladi


Bugun, 28-fevral kuni, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlangani haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, senatorlar majlis kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishga kirishgan.

Ta’kidlanishicha, Senat a’zolari yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunini muhokama qilishdan boshlagan.

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 24-yanvar kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qo‘yish va mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq O‘zbekiston fuqarosi maqomini olmagan insonlar muammosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini qayd etgandi. 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini avtomatik tarzda berish taklif etildi. Bu 50 mingga yaqin insonning hayotidagi eng jiddiy muammo hisoblanadi.

Qonunning amaldagi tahriri 28 yil avval qabul qilinganligi va uning deyarli barcha normalari eskirib, zamon talablariga javob bermay qo‘yganligi ta’kidlandi. Qonunda fuqarolik sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik bazasini yaratish, shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini olish va bekor qilish borasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilgan.

Qonun bilan mustahkamlanayotgan yangi normalar haqida so‘z borganda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilab qo‘yilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi yoki ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha bolalarning O‘zbekiston fuqaroligini belgilash tartibi mustahkamlandi. O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari nazarda tutilgan.

So‘zga chiqqanlar qonun qabul qilinishi bilan sohaga doir qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilda bo‘lishi, inson huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют