» » Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 800 nafardan oshdi

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 800 nafardan oshdi


Italiyada koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni 21 nafarga yetdi, mamlakatda infeksiya yuqtirib olgan odamlar soni esa 821 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Fuqarolar muhofazasi departamenti rahbari Anjelo Borelli ma’lum qilgan, deb yozmoqda “TASS”.

“21 nafar odam vafot etdi, infeksiyani yuqtirib olganlar soni 821 nafar. Kasallanganlarning yarmi, ya’ni 412 nafarida koronavirusning alomatlari kuzatilmagan. Vafot etgan fuqarolarning o‘limi sabablarini Sog‘liq oliy instituti aniqlaydi. O‘lganlar 70 dan 80 gacha oraliq yoshdagi kishilar ekani aytilmoqda”, — degan Borelli.

Borelli 345 nafar bemor kasalxonalarda, 64 nafar odam esa intensiv davolash bo‘limlarida yotganini qo‘shimcha qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27-fevral holati bo‘yicha Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 650 nafarni, infeksiya sabab vafot etganlar esa 17 nafarni tashkil qilgan.

Mamlakat shimolidagi Lombardiya viloyati hokimligi Milandagi cheklov me’yorlarini yumshatish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganiga qaramay, koronavirus epidemiyasi sabab mamlakat hukumatiga bu boradagi qizil va sariq hududlar orqali virus tarqalishiga qarshi kurashishni yana bir haftaga uzaytirishni istamoqda. Lombardiya ma’muriy markazi — Milan shahri sariq hudud hisoblanadi.

Mavzuga doir: 

Lombardiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holat 21-fevral kuni Milan yaqinidagi Lodi shaharchasida kuzatilgan. Keyinchalik kasallikning shimoldagi boshqa viloyatlar, jumladan, Veneto, Pyemont va Emiliya-Romanye viloyatlarida ham tez tarqalayotganligi aniqlandi. Yana 12 ta viloyatda alohida yuqtirish holatlari kuzatilgan. Bir qancha hududlarda cheklov choralari qo‘llanilib, maktablar, jamoat joylari, madaniyat va ko‘ngilochar maskanlar vaqtincha yopilgan. Bir nechta kompaniyalar xodimlarning ishxonaga kelmay uydan turib, masofadan ishlashiga ruxsat bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют