» » Luis Suares “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Futbolchi o‘zining shartini ma’lum qildi

Luis Suares “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Futbolchi o‘zining shartini ma’lum qildi


“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares agar kelasi mavsumning 60 foiz uchrashuvida maydonga tushsa, o‘rtadagi kelishuv o‘z-o‘zidan uzaytiriladi.

33 yoshli urugvaylik futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi kelishuvi 2021-yilning yozida yakuniga yetadi.

“Oilam Barselonada baxtli. Hali klubga foyda keltira olaman, degan fikrdaman. Hamkorlikni davom ettirish haqidagi qarorni klub qabul qiladi. Albatta, faoliyatimni “Barselona”da davom ettirishni xohlayman. Ammo hammasi faqat menga bog‘liq emas. Agar kelasi mavsumdagi 60 foiz uchrashuvda maydonga tushsam, klub bilan tuzilgan bitim avtomatik tarzda uzaytiriladi”, — deya urugvaylik forvardning so‘zlarini keltirmoqda As.

Eslatib o‘tamiz, Suares 2014-yili “Liverpul”dan “Barselona” safiga kelib qo‘shilgandi. Tajribali hujumchi katalon klubi tarkibida bugungi kungacha 270 ta o‘yinda ishtirok etib, 191 ta gol muallifiga aylandi. Jamoasi bilan 4 karra Ispaniya chempioni, 4 karra mamlakat Kubogi, bir marta Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda urugvaylik hujumchi barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют