» » Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviya quldorlik bozori haqidagi tafsilotlarni e’lon qildi

Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviya quldorlik bozori haqidagi tafsilotlarni e’lon qildi


Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviyaning janubi-g‘arbidagi Sabha shahrida O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga bormoqchi bo‘lgan muhojirlar va qochoqlar sotiladigan quldorlik bozori mavjudligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Saharadan janubdagi muhojirlar liviyaliklarga ishlovchi Gana va Nigerdagi fuqarolar yordamida liviyaliklar tomonidan sotiladi va sotib olinadi”, — dedi tashkilot matbuot kotibi Joel Millman.

Ayni damda tashkilot Liviyadan Nigerdagi Niamey va Agades tranzit markazlari orqali qaytayotgan muhojirlardan axborot to‘plamoqda.

“So‘nggi kunlar bu haqda menga dahshatli voqealarni aytib bergan bir necha qochoq bilan gaplashdim. Ularning barchasi Sabhadagi maydonlar va garajlarda qul sifatida sotilish xavfi bor ekanligini tasdiqladi.

Savdoni muhojirlarni shaharga bir necha kunlik ishga, odatda, qurilishga olib boruvchi, keyin esa maosh berish o‘rniga ularni yangi xaridorlarga sotib yuboruvchi haydovchilar yoki mahalliy aholi amalga oshiradi.

Ayrim muhojirlar, asosan, Niger, Gana va Gambiya fuqarolari olibqochar, qul bilan savdo qiluvchi shaxs, uylarda yoki bozorda qorovul sifatida ishlashga majbur qilinadi”, — deya Millman Xalqaro migratsiya tashkilotining Nigerdagi xodimi so‘zlarini keltirdi.

Tashkilotning Liviyadagi xodimlari ma’lum qilishicha, kontrabandachilar tomonidan ushlab turiladigan muhojirlar va qochoqlar kuch ishlatish, majburiy jinsiy aloqalar va to‘yib ovqatlanmaslik muammolariga uchramoqda.

Shuningdek, tashkilot manbalariga ko‘ra, sahroda ommaviy qabrlar ham mavjud.

“Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviyada faoliyatini davom ettirgani sari ushbu hudud muhojirlar uchun ko‘zyosh vodiysi ekanligini tushunib yetmoqdamiz”, — dedi tashkilot vakili Muhammad Abdiker.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют