» » Yevroittifoq muhojirlar uchun konsentratsiya markazlari tashkil etishni rejalashtirmagani ma’lum qilindi

Yevroittifoq muhojirlar uchun konsentratsiya markazlari tashkil etishni rejalashtirmagani ma’lum qilindi


Yevroittifoq vatanlariga deportatsiya qilishdan oldin noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olishi zarur, biroq buning uchun konsentratsiya markazlari tashkil etish rejalashtirilmagan. Bu haqda migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Mansabdorga ko‘ra, qochoq maqomini olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar vatanlariga qaytishlari lozim. 

“Yevroittifoq a’zolari qochish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda muhojirlarni qo‘lga olish imkoniyatidan foydalanishi kerak. Ularni qaytarish jarayonini yakunlash uchun kerakli vaqt mobaynida tutib turish talab etiladi”, — deya ta’kidladi yevrokomissar. 

Dimitris Avramopulosning aytishicha, garchi shunday fikr bildirilgan bo‘lsa-da, tuzilma Yevropadan tashqarida noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olish markazlarini tashkil etishni muhokama qilmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют