» » Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi

Avstraliyada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi


Avstraliyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tufayli birinchi o‘lim holati kuzatildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Endryu Robertsonga tayanib Reuters xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Diamond Princess sayohat kemasidan evakuatsiya qilingan 78 yoshli fuqaro vafot etgan. Bemor Avstraliya janubi-g‘arbidagi Pert shahrida karantinda bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, erkakning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus kuzatilgan. Hozirda ayolning holati barqaror ekani aytilmoqda.

Diamond Princess Yaponiya sohillariga yaqinlashgan vaqtida gonkonglik erkakda koronavirus kuzatilgani tufayli karantinga olingan. Laynerda turli mamlakatlardan qariyb 3,7 ming nafar odam bo‘lgan, kasallik 500 nafardan ortiq odamda kuzatilgan.

Mavzuga doir: 

Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda vafot etgan odamdan tashqari yana 24 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan, ulardan 9 nafari sayohat kemasidan evakuatsiya qilingan odamlardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют