» » Diamond Princess kemasidan evakuatsiya qilingan ikki nafar Avstraliya fuqarosida koronavirus aniqlandi

Diamond Princess kemasidan evakuatsiya qilingan ikki nafar Avstraliya fuqarosida koronavirus aniqlandi


Yaponiyada karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidan evakuatsiya qilingan ikki nafar Avstraliya fuqarosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Avstraliya hukumatiga tayanib, ABC xabar berdi.

Kasallikni yuqtirib olganlarning biri mamlakat janubida yashovchi 24 yoshli qiz. Avstraliyaga uchishidan oldin unda koronavirus aniqlanmagan, biroq u grippga o‘xshash alomatlardan shikoyat qilgan. Samolyot qo‘nishi bilan u Darvin aeroportida karantinga joylashtirilgan. So‘nggi testlar unda COVID-2019 koronavirus borligini ko‘rsatgan.

Hozirda ushbu qiz Adelaidadagi Qirollik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Avstraliya bosh sanitar shifokori Brendan Merfining so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan ikkala bemorning ahvoli hozirda barqaror. Ular o‘zlari tug‘ilgan shtatlarga maxsus o‘rgatilgan personal hamrohligida yuboriladi.

Govard-Springs tibbiyot markazida sayohat kemasidan evakuatsiya qilingan 164 nafar avstraliyalik karantinda saqlanmoqda. Ular ikki hafta davomida nazorat ostida bo‘ladi.

Mavzuga doir: Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. 11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilish boshlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют