» » Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi

Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi


Koronavirus sabab Yaponiyaning Yokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasining ikki nafar yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. 11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilish boshlangan edi.

Mavzuga doir: Yaponiyadagi sayohat kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 355 kishiga yetdi

19-fevral kunidan boshlab Diamond Princess kemasining yo‘lovchilari qirg‘oqqa chiqa boshlagani haqida xabar berilgandi. Shu kunning o‘zida 500 kishi kemani tark etishi kutilayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют