» » Emirates Airlines kompaniyasi koronavirus sabab xodimlaridan ta’tilga chiqishni so‘radi

Emirates Airlines kompaniyasi koronavirus sabab xodimlaridan ta’tilga chiqishni so‘radi


Eng katta aviakompaniyalardan biri bo‘lgan Emirates Airlines koronavirus tarqalishi sabab vujudga kelgan iqtisodiy muammolar tufayli o‘z xodimlaridan ta’tilga chiqishni so‘radi. Bu haqda Reuters kompaniya rahbariyatining xodimlarga yo‘llagan maktubiga asoslanib xabar qilgan. Emirates vakili ham agentlikka xatning haqiqatda mavjud ekanini tasdiqlagan.

Hujjatda koronavirus tufayli kompaniyaning biznesda jiddiy moliyaviy sustlashishi kuzatilgani qayd etilgan. Shuningdek, shu munosabat bilan xodimlarga to‘lov ko‘zda tutilgan ta’til olish tavsiya qilingan. Tezkor faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan xodimlarga esa o‘z hisobidan ta’til olish so‘ralgan.

Reuters’ning yozishicha, Emirates Xitoyning materikli qismiga parvozlarning hammasini bekor qilgan, faqat Pekin reysi bundan mustasno, Eron hududiga qilinadigan parvozlar ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Emirates davlatga qarashli Dubay xalqaro aviakompaniyasi hisoblanadi. Emirates rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, kompaniyada butun dunyo bo‘ylab 60 mingdan ortiq xodim ishlaydi hamda kompaniya 270 ta samolyotga ega.

Mavzuga doir: 

JSSTning 1-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyoda 85 ming nafardan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan. Ularning ko‘pchilik qismi, ya’ni 79 ming nafar odam Xitoyda, qolgan qismi esa boshqa 53 ta xorij mamlakatida yashaydi. Kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiya Koreya, Eron va Italiya qayd etilmoqda.

Rossiya koronavirus sabab Xitoy hamda Janubiya Koreya bilan aviaqatnovlarni cheklab qo‘ygan, Erondan kelayotgan xorijliklarni mamlakatga kiritmayapti. “Rospotrebnadzor” rossiyaliklarga zarurat bo‘lmasa, xorij mamlakatlariga bormaslikni tavsiya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют