» » Eron AQShning “Tolibon” bilan tinchlik bitimini Vashingtonning taslim bo‘lishi deb atadi

Eron AQShning “Tolibon” bilan tinchlik bitimini Vashingtonning taslim bo‘lishi deb atadi


Vashingtonning “Tolibon” harakati bilan imzolagan tinchlik bitimi — AQSh kapitulyatsiya (taslim bo‘lish)ni bildiradi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Amerikalik istilochilar hech qachon Afg‘onistonga bostirib kirishi kerak emas edi. Endi, 19 yillik xo‘rlikdan so‘ng, AQSh taslim bo‘lishga qaror qildi”, — deb yozadi Zarif.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh — “bu tartibsizlikni keltirib chiqarayotgan muammo”. Tashqi ishlar vazirining fikricha, Afg‘onistondagi vaziyat Yaman, Suriya va Iroqda ham qaytariladi.

Mavzuga doir: Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini yana bir bor ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan.  “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют