» » “Tolibon” Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan iqtisodiy yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

“Tolibon” Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan iqtisodiy yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi


Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Mulla Barodar Axund O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U o‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan hamda afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va ta’lim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afg‘onistonda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi. Uning alohida qayd etishicha, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘la qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi” bo‘lishi mumkin.

Mulla Barodar Afg‘onistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют