» » Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirotda Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada ishtirok etmoqda

Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirotda Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada ishtirok etmoqda


26-27-oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirot shahrida bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston inqirozi: sabablar va yechimlar” mavzusidagi 7-xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

25 dan ortiq davlatning rasmiy shaxslari, siyosatshunoslari va tahlilchilari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari Afg‘oniston Islom Respublikasidagi joriy holatni, uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash uchun mintaqaviy sa’y-harakatlarni va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qayta tiklash doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Forum qatnashchilarining nutqlarida 2018-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlariga, afg‘on muaamosini siyosiy bartaraf etish borasida dunyo hamjamiyati sa’y-harakatlarini birlashtirishdagi uning roliga, Afg‘onistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash Xalqaro fondini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tashabbusiga, mamlakatimizning afg‘on xalqiga iqtisodiy ko‘magining amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют