» » Messi Ronaldu “Real”dan ketganidan buyon “El-Klasiko”da gol ura olmayapti

Messi Ronaldu “Real”dan ketganidan buyon “El-Klasiko”da gol ura olmayapti


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga 26-turi doirasida “Real”ga qarshi kechgan bahsda (0:2) samarali harakat amalga oshira olmadi.

Argentinalik futbolchi so‘nggi ikki mavsumdan buyon madridliklar darvozasiga yo‘l topa olmayapti. 2018-yilning yozidan keyin Messi La Liga va Ispaniya Kubogi doirasida “Real”ga qarshi beshta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularning hech birida futbolchi to‘p kirita olmagan.

So‘nggi bor Messi “Real”ga 2018-yilning 6-mayida gol urgan va o‘yin 2:2 hisobida yakun topgandi. Mazkur bahs Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi so‘nggi “El-Klasiko” bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi ham o‘sha kechada Messi singari gol muallifiga aylangandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018-yilning yozida “Yuventus”ga yo‘l olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют