» » Messi klubdagi gollar soni bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi

Messi klubdagi gollar soni bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing so‘nggi turida “Eybar” darvozasini ikki bor ishgol qildi (2:2).

Mazkur o‘yinda argentinalik klubdagi faoliyatida o‘zining 601 va 602-gollarini urdi. Ushbu ko‘rsatkichda u “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Ayni damda Ronaldu hisobida 601 ta gol mavjud. Messi mazkur natijaga erishish uchun 686 ta, portugaliyalik esa 804 ta o‘yin o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Messi hamda Ronaldu yana bitta o‘yin o‘tkazadi. “Barselona” Ispaniya Kubogi finalida “Valensiya” bilan o‘ynasa, “Yuventus” A Seriya so‘nggi turida “Sampdoriya”ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta bellashuvda 28 ta gol urdi. Messi hisobida esa 49 ta bahsda 50 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют