» » Messi La Ligada Ronalduning rekordini yangiladi

Messi La Ligada Ronalduning rekordini yangiladi


“Barselona” Ispaniya chempionatining 16-turida “Malyorka”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur o‘yinda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi uchta gol urishga erishdi. Bu argentinalik futbolchi uchun La Ligadagi 35-het-trik bo‘ldi.

Messi Ispaniya chempionatida eng ko‘p het-trik qayd etish borasida “Real” sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni (34 ta het-trik) ortda qoldirdi.

Shuningdek, Messi Yevropa kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasida ketma-ket 14 ta mavsumning har birida o‘ntadan ko‘p gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Messi 16-turdan keyin 12 ta gol urgan holda chempionat to‘purari bo‘lib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют