» » Messi oltinchi marta La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Messi oltinchi marta La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 38-turida “Eybar”ga qarshi kechgan o‘yinda dublga erishdi (2:2).

Mavsum yakuniga ko‘ra, argentinalik La Ligada umumiy hisobda 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 6-marotaba Pichichi sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrin Ispaniya chempionatida eng yaxshi to‘purarga beriladi.

Hujumchi 6 ta mavsumda qolgan futbolchilardan ko‘proq gol urib, “Atletik Bilbao” sobiq o‘yinchisi Telmo Sarrining rekordini takrorladi (1944/45, 1945/46, 1946/47, 1949/50, 1950/51, 1952/53).

Bundan tashqari, Messi 4-marta bitta mavsumda ham Ispaniya chempioni, ham eng yaxshi to‘purari bo‘ldi (2009/10, 2012/13,  2017/18, 2018/19). U bu ko‘rsatkichda “Real” sobiq hujumchisi Ugo Sanches natijasini takrorladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют