» » Leo Messi La Ligada yana yangi rekord o‘rnatdi

Leo Messi La Ligada yana yangi rekord o‘rnatdi


6-aprel, shanba kuni Ispaniya chempionatining 31-turida “Barselona” “Atletiko Madrid”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Bu mazkur o‘yinda kataloniyaliklar safida gol urgan Lionel Messi uchun La Ligadagi 335-g‘alaba bo‘ldi.

Argentinalik ushbu ko‘rsatkichda “Real” sobiq darvozaboni Iker Kasilyasdan (334 ta g‘alaba) o‘zib ketdi va rekordni yangiladi.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsum La Liga doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют