» » Dortmund politsiyasi: “Borussiya” avtobusi yonidagi terakt oldindan rejalashtirilgan bo‘lgan

Dortmund politsiyasi: “Borussiya” avtobusi yonidagi terakt oldindan rejalashtirilgan bo‘lgan


Yevropa Chempionlar ligasining “Monako” bilan o‘yini uchun yo‘lga chiqayotgan “Borussiya” klubining avtobusida yonida portlash sodir etilgani ma’lum qilingandi. Dortmund shahri politsiyasining qayd etishicha, portlash oldindan rejalashtirilgan bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ishonch bilan aytishicha, terakt rejasi aynan “Borussiya” klubi bilan bog‘liq bo‘lgan va nishonda ham futbol jamoasining o‘zi turgan, deb yozdi “Sports.ru”. Bu reja kimga tegishli ekani va qanday amalga oshirilgani borasida hozirgacha ham aniq dalillar yo‘q. Politsiya esa bu borada imkoniyati doirasida ish olib bormoqda.

Aniq tomoni shuki, voqea bo‘lib o‘tgan joy yaqinidan teraktga tegishli kichik qaydnoma topilgan. Bunda reja mualliflari barcha mas’uliyat va javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, biroq terakt aynan kim tomonidan uyushtirilgani ochiqlanmagan.

Terakt natijasida “Borussiya”ning ispaniyalik futbolchisi Mark Bartra jarohatlangan va shu onning o‘zidayoq shifoxonga olib ketilgan.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют