» » Tarmoqlarda Moskvada 20 ming odam koronavirus bilan kasallangani haqida feyk xabarlar tarqaldi

Tarmoqlarda Moskvada 20 ming odam koronavirus bilan kasallangani haqida feyk xabarlar tarqaldi


“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi bot va messenjerlarda Moskva shahrida koronavirus tarqalgani haqida ommaviy ravishda feyk xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Group-IB kompaniya ma’lum qildi.

Kompaniya mutaxassislari jami 12 mingdan ortiq ovozli feyk xabarlar repost qilinganini aniqlagan. Audioyozuvlarga ko‘ra Rossiya poytaxtida 20 mingdan ortiq odam kasallikka chalingan, biroq hukumat Konstitutsiyaga o‘zgartirish kirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ovoz berish jarayonlariga xalaqit qilmaslik uchun ushbu ma’lumotlarni yashirmoqda.

Group-IB’ning taxminiga ko‘ra, mazkur hujum moskvaliklar orasida vahima keltirib chiqarish maqsadida amalga oshirilmoqda. Hozirda feyk axborotlarni tarqatishni buyurtma qilganlar va ijrochilar qidirilmoqda.

Avvalroq Moskvada koronavirus yuqtirib olgan bemor bilan muloqot qilgan 24 nafar odam karantinga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Moskvada koronavirus sababli ish beruvchilarga o‘z xodimlarining tana haroratini tekshirish tavsiya qilinayotgani, ommaviy ravishda aholining tana haroratini o‘lchash boshlangani haqida xabar berilgan. Italiyadan Moskvaga qaytgan Rossiya fuqarosi David Berovda koronavirus aniqlangan va “Rospotrebnadzor” mazkur ma’lumotni tasdiqlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют