» » Latviya va Marokashda ham koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi

Latviya va Marokashda ham koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi


Latviyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat yuqumli kasalliklar xavfini tahlil qilish va profilaktikasi departamenti direktori Yuriy Perevoshikovning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, latviyalik ayol virusni Italiyada yuqtirib olgan. Latviyaga u oilasi bilan Myunxen orqali uchib kelgan. Samolyotda 145 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 24 nafari kasallangan ayolga yaqin joyda o‘tirgan. Ulardan sakkiz nafari ham Latviya fuqarolari. Qolgan yo‘lovchilar koronavirusni yuqtirgan ayol bilan aloqada bo‘lganlar sifatida ko‘rilmayapti.

“Yaxshi yangilik shundaki, 29-fevral kuni, parvoz vaqtida bemorda kasallik alomatlari kuzatilmagan”, — deydi Perevoshikov. Uning ta’kidlashicha, shu munosabat bilan qolgan yo‘lovchilarda kasallikni yuqtirish ehtimoli juda kam, biroq shunday bo‘lsa ham hukumat bemor ayolga yaqin o‘tirgan odamlarni ham nazoratga oladi.

Perevoshikovning aytishicha, bemor ayolning oilasi aeroportdan chiqib, shaxsiy mashinasida uyiga yo‘l olgan hamda boshqa hech kim bilan muloqotda bo‘lmagan.

Hozirda ayolning oila a’zolari ham uyda karantinga olingan.

Shuningdek, Marokashda ham koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilgan.

Ilk bemor Italiyada yashovchi Marokash fuqarosi bo‘lgan.

Marokash sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda u Kasablankadagi shifoxonada davolanmoqda. Erkakning ahvoli og‘ir emas.

Avvalroq, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinishning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80,1 ming kishidan oshib ketdi. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni esa 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.

Ekspertlar jahon iqtisodiyoti koronavirus sabab ikki baravarga pastlashini prognoz qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют