» » Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan 28-bemor kasalxonaga yotqizildi   

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan 28-bemor kasalxonaga yotqizildi   


Janubiy Koreyada yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallangan 28-bemor qayd etildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Virusni yangi yuqtirgan bemor avvalroq kasallangan fuqaroning 30 yoshli xitoylik ayol bo‘ldi. U virusni yuqtirgan bemor bilan aloqa qilgani uchun uyida karantin ostiga olingan edi. Tekshiruvlar ayolda koronavirus mavjudligini tasdiqlagan. Hozirda u Koyan shahridagi kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda koronavirusdan tuzalgan to‘rt kishiga uyga javob berilgan. Shu tarzda hozir kasalxonada 24 nafar bemor davolanmoqda, 865 nafari esa tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, hozirda Janubiy Koreyadagi 124 ta tibbiy muassasada koronavirusni tezda aniqlash usuli amaliyotga tatbiq etilgan. Mamlakat bir kunda uch ming kishida ushbu virus bor yoki yo‘qligini tekshirish quvvatiga ega. Biroq birinchi navbatda kasallik alomatlari kuzatilayotgan yoki xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar tekshirilmoqda.

Janubiy Koreya hukumati 12-fevraldan boshlab mamlakatga kelgan fuqarolar koronavirus haqida mustaqil ravishda konsultatsiya olishi mumkin bo‘lgan mobil dasturni ishga tushirdi.

Ushbu dastur Xitoydan kelgan fuqarolarning smartfoniga yuklab beriladi. Ular dasturga o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni kiritadi, kerak bo‘lgan tavsiyalarni oladi hamda 14 kun davomida salomatliklarini o‘zlari nazorat qiladi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat yetakchisi Si Szinpin koronavirus tarqalishining iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish lozimligini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют