» » Video: Germaniya ichki ishlar vaziri Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortdi

Video: Germaniya ichki ishlar vaziri Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortdi


Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus tarqalishi ortida mamlakat kansleri Angela Merkelning qo‘lini siqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Bild nashri.

Angela Merkel Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuvda Merkel Zeyexoferning yonidan o‘tayotib, so‘rashish uchun unga qo‘lini uzatgan. Biroq vazir kanslerning qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Merkel buni hazil bilan qabul qilib, ikki qo‘lini tepaga ko‘tarib, vazirga kaftlarini “mana, hech narsa yo‘q” degandek qilib ko‘rsatgan. Natijada ular va atrofdagilar bu vaziyatni kulgi bilan qarshilgan.

Ta’kidlanishicha, Zeyexofer koronavirus tarqalishi sabab qo‘l siqishlardan voz kechishga qaror qilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab “Bavariya” futbolchilariga muxlislar bilan suratga tushish taqiqlandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 150 ta holat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют