» » O‘zbekistonda yanvar oyida 24 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi

O‘zbekistonda yanvar oyida 24 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi


O‘zneftgazinspeksiya tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda mintaqaviy neft bazalar tomonidan bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, keltirilgan zararning umumiy qiymati 24 milliard so‘mni tashkil etdi.

Xususan, “Taxiatosh neft bazasi” MChJ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va mazkur korxona filiallarida neft mahsulotlarining yetishmovchiligi, sifati buzilganligi va talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy miqdori 1264 tonna ( 9,7 milliard so‘m)ni tashkil etdi.

Bundan tashqari, O‘zneftgazinspeksiya tomonidan “Qarshi neft bazasi” MChJda ilgari o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, 11,5 milliard so‘mlik 4333 tonna hajmdagi neft mahsulotlari va yoqilg‘i moylash mahsulotlari sifatiga nomuvofiqligi, tanqisliklar hamda hisobdan chiqarilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, “Paxta neft bazasi” MChJda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, 2,7 milliard so‘mlik 143 tonna miqdorida neft mahsulotlarining tanqisligi, sifati buzilishi, savdo va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlandi.

Yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют