» » “Andijonneft” kompaniyasida 12,8 mlrd so‘mlik talon-toroj holatlari aniqlandi

“Andijonneft” kompaniyasida 12,8 mlrd so‘mlik talon-toroj holatlari aniqlandi


Andijon viloyati prokuraturasi “Andijonneft” aksionerlik jamiyatida neft xomashyosining o‘g‘irlanishi va talon-toroj qilinishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari kompaniya faoliyatini tekshirib, 12,8 milliard so‘mlik 153 ming tonna xomashyoning yetishmayotgani, o‘g‘irlangani va talon-toroj qilinganini aniqladi. Bu haqda  “Gazeta.uz” xabar berdi.

Xususan, neft konlarida inventarizatsiya qilish jarayonida xomashyoni yig‘ish, tayyorlash va tarqatish sexlarida 254,5 million so‘m miqdoridagi ortiqcha 310,2 tonna, 22,7 million so‘mlik yetishmayotgan 42 tonna, 479,6 million so‘mlik hisobga olinmasdan qazib olingan 795,8 tonna xomashyo aniqlangan.

Shuningdek, soxta hujjatlar rasmiylashtirilishi natijasida 2,5 milliard so‘mlik 3487 tonna xomashyoning yetishmovchiligi, 70,8 million so‘mlik 95,9 tonna yashirib qo‘yilgan ortiqcha mahsulotlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Hisobotlarga 6,3 milliard so‘m qo‘shib yozilgani, dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 1,7 milliard so‘mlik 2947 tonna neft hisobdan chiqarib tashlangani aniqlangan.

“O‘zneftgazinspeksiya” ma’lumotlariga ko‘ra, inventarizatsiya vaqtida faqatgina iyun—sentabr oyining o‘zida 1,8 milliard so‘mdan ziyod qiymatli 1356 tonna hajmidagi o‘g‘irlik, talon-toroj, qo‘shib yozish, yetishmovchilik holatlari aniqlangan.

Tekshiruv natijalari Andijon viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют