» » Respublika suv xo‘jaligi korxonalarida 4,2 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Respublika suv xo‘jaligi korxonalarida 4,2 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganligi aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va suv xo‘jaligi qurilishiga oid qonunlar ijrosi doimiy nazorat qilib kelinmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalishdagi tekshirishlarda “O‘zsuvqurilishta’minot” respublika birlashmasi, “Davsuvmaxsuspudrat” va boshqa suv xo‘jaligi korxonalarida dalolatnomalarga soxta yozuvlar kiritilib, 4 milliard 270 million 204 ming so‘mlik mol-mulk va mablag‘lar talon-toroj qilinib, 71 million so‘mlik ish haqi noqonuniy to‘langanligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют