» » Sirdaryoda fermer 230 mln so‘mlik kreditni boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi

Sirdaryoda fermer 230 mln so‘mlik kreditni boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют